
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimlari bilan hamkorlikda Zoom platformasi orqali amaliy seminar ötkazildi.
Unda kafedra mudiri, dotsent Javlon Quçqorov, professor-öqituvçilar, Narpay, Kattaqörğon va Iştixon tumanlari Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimlari mudirlari, ona tili va adabiyot hamda tarix fani öqituvçilari iştirok etdi.
Seminarda bölajak pedagoglarning mehnat bozorida öz örnini topişi uçun zarur bölgan bilim, könikma, malaka va amaliy tajriba, şuningdek, oliy taʼlim va iş beruvçi taşkilotlar hamkorligini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Özbek tili va adabiyoti hamda Tarix taʼlim yönalişlarida öqitilayotgan tanlov fanlarining maktablarda öqitiladigan fanlarga muvofiqligi körib çiqilib, taʼlim jarayoniga zarur fanlarni joriy etiş böyiça takliflar bildirildi va tegişli qarorlar qabul qilindi.
Tadbir yakunida taʼlim mazmunini mehnat bozori talablari bilan uyğunlaştiriş hamda oliy taʼlim va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça kelişuvlarga erişildi.