Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Zamonaviy tahdidlar va ogohlik

Zamonaviy tahdidlar va ogohlik

25.09.2026 soat 11:41YangiliklarMatbuot251 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida talabalarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish, turli xavf-xatarlardan ogoh bo‘lish va hushyorlikni kuchaytirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda dekan o‘rinbosari B.Yuldoshev, profilaktika inspektori X.Xaydarov, institut psixologi G.Inatullayeva hamda yo‘nalish tyutori ishtirok etdi.
Davra suhbatida “Odam savdosidan ogohlikni men qanday his etaman?”, “Hushyorlikni qo‘ldan bermaylik”, “Ogohlik: tarix va zamon saboqlari” mavzularida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida talabalarga axborotdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, turli tahdid va salbiy ta’sirlardan himoyalanish, hushyorlik va ogohlikni doimo saqlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: