
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida talabalarda axborot isteʼmoli madaniyatini şakllantiriş, turli xavf-xatarlardan ogoh böliş va huşyorlikni kuçaytirişga qaratilgan davra suhbati ötkazildi.
Unda dekan örinbosari B.Yuldoşev, profilaktika inspektori X.Xaydarov, institut psixologi G.Inatullayeva hamda yönaliş tyutori iştirok etdi.
Davra suhbatida “Odam savdosidan ogohlikni men qanday his etaman?”, “Huşyorlikni qöldan bermaylik”, “Ogohlik: tarix va zamon saboqlari” mavzularida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida talabalarga axborotdan töğri va xavfsiz foydalaniş, turli tahdid va salbiy taʼsirlardan himoyalaniş, huşyorlik va ogohlikni doimo saqlaş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.