Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Adib Masihulloh Madaminov bilan ijodiy uchrashuv

Adib Masihulloh Madaminov bilan ijodiy uchrashuv

03.10.2026 soat 11:42Ma'rifat ulashibMatbuot1331 daqiqada o'qiladi

Masihulloh Madaminov shoir, muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
U 1998-yil 21-dekabrda Farg‘ona viloyati Oxunboboyev tumanidagi G‘ishmon qishlog‘ida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa yo‘nalishini tamomlagan.
Adabiy ijod bilan 7-sinfdan shug‘ullanib keladi. Ilk she’rlari maktab davridayoq viloyat va respublika nashrlarida chop etilgan. Ijodining asosiy qismini nazm tashkil etadi.
Mehnat faoliyatini 2018-yilda “Kitob dunyosi” tahririyatida muxbir sifatida boshlagan. Keyingi yillarda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “O‘zbekiston” nashriyoti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagog” gazetasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat olib bormoqda. Hozirda Uyushmaning Hududiy bo‘limlar bilan ishlash va nazorat-tahlil kotibiyati bosh mutaxassisi.
Shoirning “Ertakli kunlar” nomli she’riy to‘plami O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida 10 ming nusxada nashr etilgan.
Masihulloh Madaminov “Rus adabiyoti 100 tomligi” va “O‘zbek adabiyoti 100 tomligi” ijodiy loyihalarida to‘plovchi va muharrir sifatida ishtirok etgan. Uning she’r va g‘azallari turk, ozarbayjon, rus, tojik, qirg‘iz va qozoq tillariga tarjima qilingan.
Shoirning “Sitamlaring” va “Nigorim” she’rlari xonanda Farruxbek Nabiyev ijrosida qo‘shiq sifatida yangragan.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: