
Masihulloh Madaminov şoir, muharrir, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
U 1998-yil 21-dekabrda Farğona viloyati Oxunboboyev tumanidagi Ğişmon qişloğida tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa yönalişini tamomlagan.
Adabiy ijod bilan 7-sinfdan şuğullanib keladi. Ilk şeʼrlari maktab davridayoq viloyat va respublika naşrlarida çop etilgan. Ijodining asosiy qismini nazm taşkil etadi.
Mehnat faoliyatini 2018-yilda “Kitob dunyosi” tahririyatida muxbir sifatida boşlagan. Keyingi yillarda “Özbekiston” naşriyot-matbaa ijodiy uyi, “Özbekiston” naşriyoti hamda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining “Pedagog” gazetasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida faoliyat olib bormoqda. Hozirda Uyuşmaning Hududiy bölimlar bilan işlaş va nazorat-tahlil kotibiyati boş mutaxassisi.
Şoirning “Ertakli kunlar” nomli şeʼriy töplami Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida 10 ming nusxada naşr etilgan.
Masihulloh Madaminov “Rus adabiyoti 100 tomligi” va “Özbek adabiyoti 100 tomligi” ijodiy loyihalarida töplovçi va muharrir sifatida iştirok etgan. Uning şeʼr va ğazallari turk, ozarbayjon, rus, tojik, qirğiz va qozoq tillariga tarjima qilingan.
Şoirning “Sitamlaring” va “Nigorim” şeʼrlari xonanda Farruxbek Nabiyev ijrosida qöşiq sifatida yangragan.