Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Kattaqo'rg`on davlat pedagogika instituti rektorining  1-oktabr  "O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi.

Kattaqo'rg`on davlat pedagogika instituti rektorining 1-oktabr "O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi.

01.10.2025 soat 07:45YangiliklarMatbuot1461 daqiqada o'qiladi

Assalomu alaykum! Aziz hamkasblar, Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Respublikamizda 1-oktabr, O‘qituvchilar va murabbiylar kuni. Bu sana yurtimizda ta’lim va tarbiya sohasiga butun umrini bag‘ishlagan siz aziz ustozlarning bayramidir. Shu munosabat bilan sizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Ta’lim va tarbiya — insoniyat taraqqiyotining eng muhim poydevori. Yurt kelajagi, millat istiqboli bevosita o‘qituvchi va murabbiylar fidoyiligiga bog‘liq. Sizlar yoshlarga nafaqat bilim, balki ezgu qadriyatlarni, ma’naviyat va ma’rifatni singdirib, ularni barkamol inson etib voyaga yetkazmoqdasiz.

Bugungi globallashuv davrida bilimli, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglagan yoshlarni tarbiyalash – eng sharafli, lekin ayni paytda eng mas’uliyatli vazifadir. Siz, aziz ustozlar, mana shu mas’uliyatni yuksak sadoqat va fidoyilik bilan ado etib kelmoqdasiz.

Institutimizda ilmiy izlanishlar, ta’lim jarayonidagi yangiliklar, yutuqlar va erishilayotgan natijalarda eng katta ulush, avvalo, sizlarning mashaqqatli mehnatingizdir. Sizlarning har bir muvaffaqiyatingiz – bizning institutimizning yutug‘i, talabalarimizning ertangi kelajagiga qo‘yilgan mustahkam zamin hisoblanadi.

Shu o‘rinda, barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Hurmat bilan
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori
Sh.R.Urakov

Ulashish: