
Kattaqo'rg`on davlat pedagogika instituti rektorining 1-oktabr "O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi.
Assalomu alaykum! Aziz hamkasblar, Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Respublikamizda 1-oktabr, O‘qituvchilar va murabbiylar kuni. Bu sana yurtimizda ta’lim va tarbiya sohasiga butun umrini bag‘ishlagan siz aziz ustozlarning bayramidir. Shu munosabat bilan sizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Ta’lim va tarbiya — insoniyat taraqqiyotining eng muhim poydevori. Yurt kelajagi, millat istiqboli bevosita o‘qituvchi va murabbiylar fidoyiligiga bog‘liq. Sizlar yoshlarga nafaqat bilim, balki ezgu qadriyatlarni, ma’naviyat va ma’rifatni singdirib, ularni barkamol inson etib voyaga yetkazmoqdasiz.
Bugungi globallashuv davrida bilimli, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglagan yoshlarni tarbiyalash – eng sharafli, lekin ayni paytda eng mas’uliyatli vazifadir. Siz, aziz ustozlar, mana shu mas’uliyatni yuksak sadoqat va fidoyilik bilan ado etib kelmoqdasiz.
Institutimizda ilmiy izlanishlar, ta’lim jarayonidagi yangiliklar, yutuqlar va erishilayotgan natijalarda eng katta ulush, avvalo, sizlarning mashaqqatli mehnatingizdir. Sizlarning har bir muvaffaqiyatingiz – bizning institutimizning yutug‘i, talabalarimizning ertangi kelajagiga qo‘yilgan mustahkam zamin hisoblanadi.
Shu o‘rinda, barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Hurmat bilan
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori
Sh.R.Urakov


