Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

 “Sharq allomalarining ilmiy merosi” darsligi nashr etildi

“Sharq allomalarining ilmiy merosi” darsligi nashr etildi

07.10.2026 soat 10:09YangiliklarFilologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti1131 daqiqada o'qiladi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchisi, dotsent Yulduz Xolxujayevaning “Sharq allomalarining ilmiy merosi” nomli darsligi nashrdan chiqdi.  photo_2026-09-24_15-37-53

Mazkur darslikda Sharq ilm-fani taraqqiyotining asosiy bosqichlari, musulmon Renessansi davrining tarixiy mohiyati, ilmiy-ma’rifiy markazlarning shakllanishi hamda buyuk Sharq mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi izchil va ilmiy asosda yoritilgan.

Darslikni tayyorlash jarayonida tarixiylik, xolislik, tizimlilik va uzviylik tamoyillariga amal qilingan. Unda Sharq allomalari faoliyati nafaqat tarixiy shaxslar faoliyati sifatida, balki jahon ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ilmiy tafakkur namoyandalarining merosi sifatida keng tahlil etilgan.

Shuningdek, darslik mazmuni mavjud manbalar hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan boyitilgan. Unda fan bo‘yicha zamonaviy yondashuv va innovatsion usullardan foydalanilgani mazkur o‘quv adabiyotining ilmiy-uslubiy ahamiyatini yanada oshiradi.

“Sharq allomalarining ilmiy merosi” darsligi Sharq mutafakkirlarining boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, ularning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rnini anglash hamda mazkur bilimlarni ta’lim jarayonida samarali qo‘llashga xizmat qiladi.

Ulashish: