

Mazkur darslikda Şarq ilm-fani taraqqiyotining asosiy bosqiçlari, musulmon Renessansi davrining tarixiy mohiyati, ilmiy-maʼrifiy markazlarning şakllanişi hamda buyuk Şarq mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan hissasi izçil va ilmiy asosda yoritilgan.
Darslikni tayyorlaş jarayonida tarixiylik, xolislik, tizimlilik va uzviylik tamoyillariga amal qilingan. Unda Şarq allomalari faoliyati nafaqat tarixiy şaxslar faoliyati sifatida, balki jahon ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan ilmiy tafakkur namoyandalarining merosi sifatida keng tahlil etilgan.
Şuningdek, darslik mazmuni mavjud manbalar hamda sönggi yillarda amalga oşirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan boyitilgan. Unda fan böyiça zamonaviy yondaşuv va innovatsion usullardan foydalanilgani mazkur öquv adabiyotining ilmiy-uslubiy ahamiyatini yanada oşiradi.
“Şarq allomalarining ilmiy merosi” darsligi Şarq mutafakkirlarining boy ilmiy merosini çuqur örganiş, ularning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojidagi örnini anglaş hamda mazkur bilimlarni taʼlim jarayonida samarali qöllaşga xizmat qiladi.