
Kattaqörğon şahar hokimi taşabbusi bilan Kattaqörğon non va şirinliklari mavzusida rasmlar tanlovi taşkil etildi. Tanlovda yoş rassomlar öz ijodiy işlari orqali Kattaqörğon şahrining öziga xos non va şirinliklarini badiiy talqinda ifodaladilar.
Tadbirda Kattaqörğon davlat pedagogika instituti professor-öqituvçilari iştirok etib, öquvçilar bilan samimiy suhbatlaşdilar hamda ğoliblarni taqdirlaş marosimida qatnaşdilar.
Natijalarga köra, eng yaxşi deb topilgan ijodkor öquvçilar quyidagiça taqdirlandilar:
1-örin – 14-maktab öquvçisi Bobur Mamadaliev
2-örin – 2-maktab öquvçisi Aʼzamjon Ravşanov
3-örin – 6-maktab öquvçisi Samir Sattarov
Mazkur tanlov yoşlarning ijodiy salohiyatini namoyon etiş, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlaş hamda Kattaqörğon şahrining betakror anʼanalarini tarğib etişga xizmat qildi.