Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan mahorat darslari o‘tkazildi

Ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan mahorat darslari o‘tkazildi

15.11.2025 soat 09:56SeminarlarMatbuot521 daqiqada o'qiladi

Amaliy fanlar va sport kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 12- va 14-umumta’lim maktablarida mahorat darslari o‘tkazildi. Ushbu mahorat darslari o‘quv jarayonini takomillashtirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratildi.
Darslarda maktab ma’muriyati, tajribali pedagoglar hamda yosh mutaxassislar ishtirok etdilar. Mahorat darslarini dotsent S.Igamov, dotsent E.Shavqiyev va o‘qituvchi A.Radapov o‘tdi.
Dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiluvchi interaktiv metodlar – guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish kabi usullar qo‘llanildi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini erkin bayon qildilar va amaliy topshiriqlarni bajarish orqali bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Ishtirokchilar tomonidan mahorat darslari yuqori baholandi. Tadbir yakunida tajribali ustozlar tomonidan darslarning metodik jihatlari tahlil qilinib, o‘zaro fikr almashildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: