
Amaliy fanlar va sport kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan Kattaqörğon şahridagi 12- va 14-umumtaʼlim maktablarida mahorat darslari ötkazildi. Uşbu mahorat darslari öquv jarayonini takomillaştiriş, ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş hamda öqituvçilarning kasbiy mahoratini oşirişga qaratildi.
Darslarda maktab maʼmuriyati, tajribali pedagoglar hamda yoş mutaxassislar iştirok etdilar. Mahorat darslarini dotsent S.Igamov, dotsent E.Şavqiyev va öqituvçi A.Radapov ötdi.
Dars jarayonida öquvçilarning faolligini oşirişga xizmat qiluvçi interaktiv metodlar – guruhlarda işlaş, muammoli vaziyatlarni hal etiş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sunʼiy intellekt vositalaridan foydalaniş kabi usullar qöllanildi. Öquvçilar mavzu yuzasidan öz fikrlarini erkin bayon qildilar va amaliy topşiriqlarni bajariş orqali bilim hamda könikmalarini mustahkamlaşdi.
Iştirokçilar tomonidan mahorat darslari yuqori baholandi. Tadbir yakunida tajribali ustozlar tomonidan darslarning metodik jihatlari tahlil qilinib, özaro fikr almaşildi.