
“Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi Özbekiston va inson huquqlari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarorining 12-b) bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari iştirokida “Yangi Özbekiston va inson huquqlari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda fakultet professor-öqituvçilari, guruh murabbiylari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi. Unda Özbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, şuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Maʼruzaçilar Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasida inson qadri, uning huquq va erkinliklari birinçi öringa qöyilgani, yoşlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularda huquqiy bilim va könikmalarni mustahkamlaş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini taʼkidlab ötişdi. Tadbir davomida talabalarning huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan taqdimotlar, mavzuga oid interaktiv savol-javoblar ham ötkazildi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv “Huquqiy savodxonlik oyligi”ning samaradorligini oşiriş, yoşlar ongida inson huquqlari madaniyatini mustahkamlaşga xizmat qildi.