
Talabalarda soğlom turmuş tarzini tarğib etiş hamda ularni giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida çuqurroq maʼlumotga ega qiliş maqsadida Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Men giyohvandlikka qarşiman” nomli rasmlar tanlovi taşkil etildi.
Mazkur tadbirda institutning turli yönalişlarida tahsil olayotgan talabalari faol iştirok etib, giyohvandlikning jamiyat, oila va inson salomatligiga yetkazadigan zararli taʼsir va xavf-xatarlarini badiiy ifoda orqali namoyiş etdilar. Tanlovga taqdim etilgan asarlar mazmuni boyligi, ijodkorlik darajasi va ijtimoiy ahamiyati bilan ajralib turdi.
Tadbir yakunida eng yaxşi deb topilgan asarlar eʼtirof etilib, mualliflar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. Uşbu tanlov yoşlarni soğlom va ongli hayotga çorlab, ularni turli zararli odatlardan himoya qiliş borasida muhim ahamiyat kasb etdi.