
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi assistenti U.Bozorovaning “Biokimyo fanidan laboratoriya maşğulotlari” nomli uslubiy qöllanmasi naşr etildi.
Mazkur uslubiy qöllanma biokimyo fanining nazariy asoslarini çuqur özlaştiriş, laboratoriya maşğulotlarida bajariladigan amaliy işlarni izçil va aniq tartibda örgatiş, şuningdek, talabalarda mustaqil işlaş könikmalarini şakllantirişga xizmat qiladi. Qöllanmada har bir laboratoriya maşğuloti böyiça batafsil yöriqnomalar, tajribalarni bajariş ketma-ketligi, zarur jihozlar röyxati hamda xavfsizlik qoidalari tizimli ravişda bayon etilgan.
Yaratilgan qöllanma nafaqat talabalarga, balki yoş öqituvçilar, tadqiqotçilar va biokimyo sohasi bilan qiziqadigan mutaxassislar uçun ham muhim öquv-metodik manba bölib xizmat qiladi.