Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalarda halollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Talabalarda halollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

09.12.2025 soat 15:39Davra suhbatlariMatbuot471 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Tarbiya” fani doirasida talabalarga halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, adolat va mas’uliyat kabi ezgu g‘oyalarni targ‘ib etishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Elbek Xudoykulov ishtirok etib, talabalarga halollik tamoyillarining mohiyati, korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda unga qarshi kurashishning dolzarb yo‘nalishlari haqida batafsil tushuntirishlar berdi. Shuningdek, yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish borasida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassis tomonidan ularga tegishli javoblar berildi.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish: