Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati”ning navbatdagi darslari “Millat qo‘shig‘i” mavzusida o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati”ning navbatdagi darslari “Millat qo‘shig‘i” mavzusida o‘tkazildi.

09.12.2025 soat 16:57YangiliklarMatbuot291 daqiqada o'qiladi

Dars davomida yo‘nalish tyutorlari talabalarga “Madhiya” va “Davlat madhiyasi” tushunchalari, ularning tarixiy kelib chiqishi va har bir davlat uchun zarurligi, shuningdek, muayyan mamlakat aholisi va fuqarolari uchun qadr va ahamiyatini atroflicha tushuntirdilar. Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi” atamasining mazmun-mohiyati, mamlakatimiz madhiyasining davlat ramzi sifatidagi o‘rni va roli, uning ahamiyatini anglash, madhiyamizni ardoqlash va qadrlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Dars jarayonida davlat madhiyasining mamlakat va xalq timsoli ekanligi, undan foydalanish tartib-qoidalari va madhiyaga ehtirom ko‘rsatish tamoyillari tushuntirildi. Talabalar hayotiy misollar va dalillar, audio va video materiallar orqali “madhiya” tushunchasi, uning har bir davlat uchun zarurligi va qadri, shuningdek, O‘zbekiston madhiyasining davlatimiz ramzi sifatidagi o‘rni va roli, uni ardoqlash va qadrlash, madhiyani ijro etish va unga ehtirom ko‘rsatish tartib-qoidalari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.
Mashg‘ulot interaktiv usullarda tashkil etilib, talabalarda mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil, empatiya va sog‘lom muloqot, ezgu g‘oyalarga sadoqat, davlatimiz ramzlari, xususan, Davlat madhiyasini qadrlash va ardoqlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: