
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Tarbiya” fani doirasida talabalarga halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, adolat va masʼuliyat kabi ezgu ğoyalarni tarğib etişga qaratilgan davra suhbati ötkazildi.
Uşbu tadbirda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş kompleans nazorat tizimini boşqariş bölimi boşliği Elbek Xudoykulov iştirok etib, talabalarga halollik tamoyillarining mohiyati, korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda unga qarşi kuraşişning dolzarb yönalişlari haqida batafsil tuşuntirişlar berdi. Şuningdek, yoşlarda huquqiy ong va madaniyatni mustahkamlaş, fuqarolik masʼuliyatini oşiriş borasida fikr-mulohazalarini bildirib ötdi.
Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassis tomonidan ularga tegişli javoblar berildi.