
Dars davomida yönaliş tyutorlari talabalarga “Madhiya” va “Davlat madhiyasi” tuşunçalari, ularning tarixiy kelib çiqişi va har bir davlat uçun zarurligi, şuningdek, muayyan mamlakat aholisi va fuqarolari uçun qadr va ahamiyatini atrofliça tuşuntirdilar. Şu bilan birga, “Özbekiston Respublikasi madhiyasi” atamasining mazmun-mohiyati, mamlakatimiz madhiyasining davlat ramzi sifatidagi örni va roli, uning ahamiyatini anglaş, madhiyamizni ardoqlaş va qadrlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Dars jarayonida davlat madhiyasining mamlakat va xalq timsoli ekanligi, undan foydalaniş tartib-qoidalari va madhiyaga ehtirom körsatiş tamoyillari tuşuntirildi. Talabalar hayotiy misollar va dalillar, audio va video materiallar orqali “madhiya” tuşunçasi, uning har bir davlat uçun zarurligi va qadri, şuningdek, Özbekiston madhiyasining davlatimiz ramzi sifatidagi örni va roli, uni ardoqlaş va qadrlaş, madhiyani ijro etiş va unga ehtirom körsatiş tartib-qoidalari böyiça bilimlarga ega böldilar.
Maşğulot interaktiv usullarda taşkil etilib, talabalarda mustaqil fikrlaş, mantiqiy tahlil, empatiya va soğlom muloqot, ezgu ğoyalarga sadoqat, davlatimiz ramzlari, xususan, Davlat madhiyasini qadrlaş va ardoqlaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qildi.