Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Faol jamoa, yuksak ruh, Vatanparvarlik!

Faol jamoa, yuksak ruh, Vatanparvarlik!

15.12.2025 soat 12:18Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot391 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahrida “Vatanparvarlik oyligi”ga start berildi
Joriy yilning 15-dekabridan 15-yanvariga qadar yurtimiz bo‘ylab “Vatanparvarlik oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar hamda sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun erta tongdan Kattaqo‘rg‘on shahrida mazkur oylik tadbirlariga tantanali ravishda start berildi. Harbiy orkestr sadolari ostida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida marafon hamda yugurish musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari, Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy xizmatchilari, ta’lim muassasalari hamda mahalla xodimlari, shuningdek, faol yoshlar ishtirok etdilar.
Marafon doirasida o‘tkazilgan yugurish musobaqalarida faol qatnashgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish: