Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

TALABALAR JADID BOBOLARIMIZ HAQIDA BILIMGA EGA BO‘LDILAR

TALABALAR JADID BOBOLARIMIZ HAQIDA BILIMGA EGA BO‘LDILAR

15.12.2025 soat 14:40YangiliklarMatbuot1211 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” darsining navbatdagi darslari “Jadid bobolarimiz” mavzusida o‘tkazildi.
Mazkur dars jarayonida yo‘nalish tyutorlari tomonidan talabalarga Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining vujudga kelish sabablari, uning vakillari tomonidan amalga oshirilgan tarixiy sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, millatparvar jadid bobolarimizning ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyati, ularning ta’qib va qatag‘on qilinishining tub sabablari hamda ushbu jarayonlarning og‘ir oqibatlari xususida ta’sirli fikrlar bildirildi.
Mazkur dars talabalarda tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: