
Kattaqörğon şahrida “Vatanparvarlik oyligi”ga start berildi
Joriy yilning 15-dekabridan 15-yanvariga qadar yurtimiz böylab “Vatanparvarlik oyligi” doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uçraşuvlar hamda sport musobaqalari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Bugun erta tongdan Kattaqörğon şahrida mazkur oylik tadbirlariga tantanali ravişda start berildi. Harbiy orkestr sadolari ostida “Soğlom hayot uçun 5000 qadam!” şiori ostida marafon hamda yuguriş musobaqasi taşkil etildi.
Mazkur tadbirda Kattaqörğon şahar hokimligi, Kattaqörğon davlat pedagogika instituti professor-öqituvçilari va talabalari, Kattaqörğon garnizoni harbiy xizmatçilari, taʼlim muassasalari hamda mahalla xodimlari, şuningdek, faol yoşlar iştirok etdilar.
Marafon doirasida ötkazilgan yuguriş musobaqalarida faol qatnaşgan yoşlar taşkilotçilar tomonidan munosib rağbatlantirildi.