
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–207-son Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan uçinçi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasiga taşrif taşkil etildi.
Mazkur taşrif davomida talabalar narkojinoyat sodir etganligi uçun jazo ötayotgan mahkumlarning yaşaş şaroitlari bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat hamda şaxs hayotiga körsatadigan taʼsiri yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi.
Taşrif doirasida uşbu turdagi jinoyatni sodir etib, keyinçalik öz qilmişidan puşaymon bölgan şaxslar hayoti haqida hikoya qiluvçi badiiy film namoyiş etildi.
Mazkur tadbir talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularni turli yot illatlardan asraş hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirişga xizmat qildi.