Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI

PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI

05.03.2026 soat 12:39Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot141 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayev, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i D.Azizova hamda institut rektori Sherzod Urakov ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muloqot jarayonida faol talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, yangi loyiha va tashabbuslar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Shuningdek, ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ochiq muloqot muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar8

Ulashish: