Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Yoshlar bandligini ta’minlash yo‘lida…

Yoshlar bandligini ta’minlash yo‘lida…

05.03.2026 soat 16:19YangiliklarMatbuot151 daqiqada o'qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-37-sonli Farmoni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshiriladigan davlat dasturining 1-bandiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga “og‘ir” toifadagi, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlarni biriktirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov o‘ziga biriktirilgan O‘rikzor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida ularga zarur asbob-uskunalarni olib berdi.
Ushbu amaliy yordam yoshlarning mehnat bilan band bo‘lishi, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda kelgusida barqaror daromad topishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish: