
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Kattaqörğon şahar hokimi Gavhar Alimova, Samarqand viloyati hokimi örinbosari Husan Tuxtayev, Yoşlar işlari boşqarmasi boşliği D.Azizova hamda institut rektori Şerzod Urakov iştirokida talaba-yoşlar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuv davomida yoşlarning taklif va taşabbuslari tinglanib, ularni qöllab-quvvatlaş, bandligini taʼminlaş, şuningdek, taʼlim, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda mavjud imkoniyatlar haqida atrofliça maʼlumot berildi.
Muloqot jarayonida faol talaba-yoşlar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, yangi loyiha va taşabbuslar böyiça öz takliflarini bildirdilar. Şuningdek, ilgari surilgan taşabbuslarni amaliyotga joriy etiş hamda ularni qöllab-quvvatlaş yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
Mazkur uçraşuv talaba-yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda oçiq muloqot muhitini mustahkamlaşga xizmat qildi.