
Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-37-sonli Farmoni “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşiriladigan davlat dasturining 1-bandiga muvofiq, oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga “oğir” toifadagi, şuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoşlarni biriktiriş hamda ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş vazifasi belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti rektori Şerzod Urakov öziga biriktirilgan Örikzor mahalla fuqarolar yiğini hududidagi yoşlarning bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaşlari hamda doimiy daromad manbaiga ega bölişlariga kömaklaşiş maqsadida ularga zarur asbob-uskunalarni olib berdi.
Uşbu amaliy yordam yoşlarning mehnat bilan band bölişi, öz faoliyatini yölga qöyişi hamda kelgusida barqaror daromad topişiga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.