Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi”: yengil atletika bo‘yicha fakultetlar bosqichi o‘tkazildi

“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi”: yengil atletika bo‘yicha fakultetlar bosqichi o‘tkazildi

11.04.2026 soat 06:33Sport OlimpiadalariMatbuot361 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Do'stlik” o‘yingohida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha fakultetlar bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada mustahkamlash, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazildi.
Unda institutning iqtidorli va faol talaba-yoshlari ishtirok etib, o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa davomida ishtirokchilar yengil atletikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish: