
Kattaqörğon şahridagi “Döstlik” öyingohida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti talaba-yoşlari örtasida “Yangi Özbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi böyiça fakultetlar bosqiçi ötkazildi.
Mazkur musobaqa talaba-yoşlar orasida jismoniy tarbiya va sportga bölgan qiziqişni oşiriş, jamiyatda soğlom turmuş tarzi tamoyillarini yanada mustahkamlaş, talabalarning darsdan böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş hamda iqtidorli yoş sportçilarni aniqlaş maqsadida ötkazildi.
Unda institutning iqtidorli va faol talaba-yoşlari iştirok etib, özaro bellaşdilar.
Musobaqa davomida iştirokçilar yengil atletikaning turli yönalişlari böyiça öz mahoratlarini namoyiş etib, ğoliblik uçun kuraş olib bordilar.