Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Matematikani o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

“Matematikani o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

11.04.2026 soat 07:03SeminarlarMatbuot241 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Matematikani o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-trening davomida soha mutaxassislari tomonidan dolzarb ilmiy va metodik masalalar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilib, jumladan, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Rasul Mardiyev pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonida matematika fanining o‘rni va ahamiyati haqida, Malayziya texnologiya universiteti professori Muhiddin Mo‘minov matematik fizikaning dolzarb masalalari hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga yondashuvning boshlang‘ich bosqichlari xususida, shuningdek, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Xaydar Ro‘zimurodov esa algebraik geometriyaning zamonaviy masalalari va ushbu yo‘nalishdagi dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar hamda seminar-trening yuqori saviyada tashkil etilgani alohida e’tirof etildi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish: