
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Matematikani öqitişning zamonaviy metodikasi” mavzusida seminar-trening taşkil etildi.
Mazkur seminar-trening davomida soha mutaxassislari tomonidan dolzarb ilmiy va metodik masalalar yuzasidan maʼruzalar taqdim etilib, jumladan, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Rasul Mardiyev pedagogik kadrlarni tayyorlaş jarayonida matematika fanining örni va ahamiyati haqida, Malayziya texnologiya universiteti professori Muhiddin Moʼminov matematik fizikaning dolzarb masalalari hamda ilmiy-tadqiqot işlariga yondaşuvning boşlanğiç bosqiçlari xususida, şuningdek, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Xaydar Rözimurodov esa algebraik geometriyaning zamonaviy masalalari va uşbu yönalişdagi dolzarb muammolar yuzasidan atrofliça tuşuntirişlar berdi.
Tadbir davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar hamda seminar-trening yuqori saviyada taşkil etilgani alohida eʼtirof etildi.