Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Yer sayyorasi” mavzusida ochiq mashg‘ulot tashkil etildi

“Yer sayyorasi” mavzusida ochiq mashg‘ulot tashkil etildi

23.04.2026 soat 12:55YangiliklarMatbuot251 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahar 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich amaliyotchi talabalari Sevinchoy To‘ychiyeva hamda Zohira Rahmonovalar tomonidan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan “Yer sayyorasi” mavzusida ochiq mashg‘ulot tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori G.Tagayeva, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti, amaliyot rahbari Z.Nazarova, guruh tarbiyachisi M.Egamova hamda boshqa tarbiyachilar ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot davomida amaliyotchilar “To‘g‘risini top”, “Men–biz–ular” kabi interfaol metodlardan samarali foydalangan holda mashg‘ulotni mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etdilar.
Mashg‘ulot yakunida DMTT direktori G.Tagayeva, amaliyot rahbari Z.Nazarova hamda ishtirok etgan tarbiyachilar tomonidan amaliyotchilarning yutuq va kamchiliklari tahlil qilindi. Shuningdek, ularning kasbiy faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

Qo'shimcha rasmlar2

文件

Ulashish: