
Kattaqörğon şahar 22-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti maktabgaça taʼlim yönalişi 3-bosqiç amaliyotçi talabalari Sevinçoy Töyçiyeva hamda Zohira Rahmonovalar tomonidan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvçilari bilan “Yer sayyorasi” mavzusida oçiq maşğulot taşkil etildi.
Mazkur maşğulotda davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori G.Tagayeva, maktabgaça va boşlanğiç taʼlim kafedrasi dotsenti, amaliyot rahbari Z.Nazarova, guruh tarbiyaçisi M.Egamova hamda boşqa tarbiyaçilar iştirok etdilar.
Maşğulot davomida amaliyotçilar “Töğrisini top”, “Men–biz–ular” kabi interfaol metodlardan samarali foydalangan holda maşğulotni mazmunli va qiziqarli tarzda taşkil etdilar.
Maşğulot yakunida DMTT direktori G.Tagayeva, amaliyot rahbari Z.Nazarova hamda iştirok etgan tarbiyaçilar tomonidan amaliyotçilarning yutuq va kamçiliklari tahlil qilindi. Şuningdek, ularning kasbiy faoliyatini yanada rivojlantiriş böyiça metodik tavsiyalar berildi.