
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti rektorining xalqaro hamkorlik doirasida taşkiliy işlarni amalga oşiriş töğrisidagi 120-ij-sonli buyruği ijrosini taʼminlaş maqsadida institutimiz professor-öqituvçilari N.Ruziyeva, Ş.Yuldaşev, T.Xamidov hamda yönaliş tyutori D.Abdumurodovlar boşçiligida Tailandning Valailak universiteti vakillari Asst. Prof. Dr. Kiki Juli Anggoro, Ms. Kedkarn Phanwiriyarat (MBA) va Ms. Adeelah Ayae (MA) uçun Samarqand viloyatidagi tarixiy va diqqatga sazovor qadamjolarga ziyorat taşkil etildi.
Taşrif davomida xorijiy mehmonlarga yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy meʼmoriy obidalari hamda milliy qadriyatlari keng taniştirildi. Mazkur sayohat ikki tomonlama madaniy almaşinuvni mustahkamlaş, şuningdek, Özbekistonning madaniy merosini xalqaro miqyosda tarğib etişga xizmat qildi. Xorijlik mehmonlar esa öz navbatida yurtimiz tarixi va madaniyatiga bölgan qiziqişlari ortganini taʼkidladilar.