Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

TOZA HAVO UCHUN BIRGALIKDA

TOZA HAVO UCHUN BIRGALIKDA

25.05.2026 soat 09:24YangiliklarMatbuot15

Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti avtoturargohida birorta ham avtomashinani uchratmaysiz. Institut professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari tashabbus ko‘rsatib, ekologiyaga befarq emasliklarini amalda namoyon etdilar.
“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida ular shaxsiy avtomashinalardan foydalanmasdan, ishga jamoat transportida yetib kelishdi.
Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq tashkil etilmoqda.
Ushbu tashabbus ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhit musaffoligini asrash hamda aholining ekologik mas’uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish: