Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Tinchlik va taraqqiyot – Yangi O‘zbekiston poydevori

Tinchlik va taraqqiyot – Yangi O‘zbekiston poydevori

26.05.2026 soat 13:19YangiliklarMatbuot241 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida “Mustaqillik soati” tashkil etildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi, iste’dodli shoir O‘lmasbek Xolmuminov (O‘lmasbek Samarqandiy) ma’ruza qildi.
Ma’ruzada mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, Yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikning qisqarayotganligi, ijtimoiy himoya tizimining takomillashtirilayotganligi, yangi ish o‘rinlari yaratilayotganligi, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadri hamda shukronalik tuyg‘usining ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani va aholiga yaratilayotgan keng imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: