
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” şiori ostida ötkazilayotgan “Mustaqillik töyi” festivali doirasida “Mustaqillik soati” taşkil etildi.
Tadbirda professor-öqituvçilar hamda xodimlar iştirok etdi. Unda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, “Maʼnaviyat fidoyisi” kökrak nişoni sohibi, isteʼdodli şoir Ölmasbek Xolmuminov (Ölmasbek Samarqandiy) maʼruza qildi.
Maʼruzada mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib ötgan taraqqiyot yöli, Yangilanayotgan Özbekistonda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, aholi farovonligini oşiriş, kambağallikning qisqarayotganligi, ijtimoiy himoya tizimining takomillaştirilayotganligi, yangi iş örinlari yaratilayotganligi, yurtimizdagi tinçlik va osoyiştalikning qadri hamda şukronalik tuyğusining ahamiyati haqida atrofliça söz yuritildi.
Şuningdek, Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani va aholiga yaratilayotgan keng imkoniyatlar alohida taʼkidlandi.