
Kattaqörğon davlat pedagogika institutining Transport vositalari muhandisligi hamda Energetika muhandisligi taʼlim dasturlari Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi tomonidan ötkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli ötdi.
Akkreditatsiya jarayonida taʼlim dasturlarining belgilangan davlat taʼlim standartlari va talablariga muvofiqligi, taʼlim jarayonining taşkil etilişi, moddiy-texnik baza, professor-öqituvçilarning salohiyati hamda taʼlim sifatini taʼminlaş mexanizmlari kabi mezonlar kompleks baholandi.
Akkreditatsiya jarayonining ijobiy yakunlanişi institutda taʼlim sifatini taʼminlaş va taʼlim dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillaştiriş borasidagi işlarning amaliy natijasidir.