Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Rektor kubogi” sport musobaqalari davom etmoqda

“Rektor kubogi” sport musobaqalari davom etmoqda

24.09.2026 soat 10:24Sport OlimpiadalariMatbuot191 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning 3-4-o‘rinlar uchun bahsida Maktabgacha ta’lim kafedrasi jamoasi munosib ishtirok etib, 3-o‘rinni egalladi.
Endilikda musobaqaning hal qiluvchi – 1-2-o‘rinlar uchun final bahsida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi jamoasi hamda Gumanitar fanlar kafedrasi jamoasi o‘zaro kuch sinashadi.
1-2-o‘rinlar uchun final uchrashuvi 28-sentabr kuni soat 17:30 da Aniq va tabiiy fanlar dekanat hamda Gumanitar fanlar kafedrasi jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.
“Rektor kubogi” musobaqalari jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: