Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

TALABA YOSHLAR BILAN RAHBARLAR UCHRASHDI

TALABA YOSHLAR BILAN RAHBARLAR UCHRASHDI

24.09.2026 soat 13:05YangiliklarMatbuot231 daqiqada o'qiladi

“Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar IIB boshlig‘i Vaxob Axmedov, hokim o‘rinbosarlari hamda institut rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuvda talaba yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish hamda tegishli mas’ullar tomonidan ijrosini ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilandi.
Uchrashuvdan so‘ng shahar hokimi institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish: