
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida professor-öqituvçilar va xodimlar örtasida mini-futbol böyiça “Rektor kubogi” sport musobaqalari bölib ötmoqda.
Musobaqaning 3-4-örinlar uçun bahsida Maktabgaça taʼlim kafedrasi jamoasi munosib iştirok etib, 3-örinni egalladi.
Endilikda musobaqaning hal qiluvçi – 1-2-örinlar uçun final bahsida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi jamoasi hamda Gumanitar fanlar kafedrasi jamoasi özaro kuç sinaşadi.
1-2-örinlar uçun final uçraşuvi 28-sentabr kuni soat 17:30 da Aniq va tabiiy fanlar dekanat hamda Gumanitar fanlar kafedrasi jamoalari örtasida bölib ötadi. Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.
“Rektor kubogi” musobaqalari jamoada soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, professor-öqituvçilar va xodimlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib etişga xizmat qilmoqda.