
“Payşanba – Yoşlar kuni” munosabati bilan Kattaqörğon davlat pedagogika institutida talaba yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi.
Unda Kattaqörğon şahar hokimi Gavhar Alimova, şahar IIB boşliği Vaxob Axmedov, hokim örinbosarlari hamda institut rahbariyati iştirok etdi.
Uçraşuvda talaba yoşlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning taʼlim olişi, bandligini taʼminlaş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda yoşlarni qöllab-quvvatlaşga oid masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlarni örganiş hamda tegişli masʼullar tomonidan ijrosini taʼminlaş yuzasidan vazifalar belgilandi.
Uçraşuvdan söng şahar hokimi institutda talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdi.