Axborot-resurs markazi

Ismoilova Nigora Muhitdinova
ARM direktori
- Qabul vaqti:
- Dushanba – Shanba 8:30 dan 17:00 gacha
- Telefon:
- +998 93 669 34 35
- Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari:
- zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratish;
- axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda Axborot-resurs markazini yanada rivojlantirishning asosiy y‘nalishlari bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
- axborot-resurs markaz faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborot-kutubxona resurslarini almashish va o‘zaro foydalanish borasida turli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni ta‘minlash;
- talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor o‘qituvchilar axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma’lumot xizmatlarini yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash;
- foydalanuvchilarga Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan elektron xizmat ko‘rsatish, xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga ulangan holda markazning yig‘ma elektron katalogini va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish hamda yuritish;
- axborot-kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to‘ldirib borish, nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlash, qo‘lyozma kitoblar va nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy etish, ularni ishonchli saqlashni ta’minlaydigan maxsus rejim sharoitlarida asrashni tashkil etish;
- yuqori malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish, Axborot-resurs markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini doimiy takomillashtirish.
- Axborot-resurs markazi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha dasturlar, “Yo‘l xarita” lari, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
- Axborot-resurs markaziga yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etadi, axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
- Axborot-resurs markazining nashriyotlar, kitob sotish tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini yaxshilash chora-tadbirlarini ta’minlaydi;
- axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda foydalanuvchilarning barcha toifalariga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatadi, foydalanuvchilar tanlashiga ko‘ra axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sharoitlari, shakllari va metodlarini ta’minlaydi;
- Katdpida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi
- foydalanuvchilarga Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish, qidirish, shuningdek, yetakchi xorijiy axborot resurslarining ma’lumotlar bazasiga ulanishni ta’minlaydigan elektron vositasida masofadan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi;
- foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun qo‘shimcha xizmat turlari, axborot resurslarini keng qo‘llashda qidirish, maslahat berish, materiallarni tarjima qilish, skanerlash, bosib chiqarish kabi xizmatlar ko‘rsatadi;
- Axborot-resurs markazining yig‘ma elektron katalogini hamda axborotkutubxona resurslari elektron katalogini shakllantiradi va yuritadi;
- Axborot-resurs markazining elektron kutubxonasini shakllantiradi va yuritadi bosma nashrlarni, audio va Video materiallarni hamda boshqa axborot resurslarini sotib olish, obuna bo‘lish, almashtirish, bepul olish yo‘li bilan axborotkutubxona fondini shakllantiradi;
- axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlash, joylashtirish, saqlash va undan foydalanishni belgilangan tartibda yuritadi;
- axborot-kutubxona fondi saqlanishini, elektron resurslarning axborot xavfsizligini taminlash ishlarini amalga oshiradi;
- zamonaviy metodlar va texnologiyalar asosida nodir va alohida qiymatga ega bo‘lgan nashrlarni saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi;
- Professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
- bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, kitoblar-manuskriptlar va nodir nashrlarning elektron fondini shakllantiradi;
- xorijiy axborot-resurs markazlari, nashriyotlar, axborot markazlari bilan ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha xalqaro kutubxonalararo axborot almashuvlarni rivojlantirish, xalqaro kutubxona anjumanlari va tashkilotlarida qatnashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
- xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Shu jumladan xorijiy kutubxonalarda tajriba orttirishlarni tashkil etish bo‘yicha uzluksiz ish tizimini amalga oshiradi.


