Abituriyent örnatilgan tartibda tegişli hujjatlarini 5-iyundan boşlab my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn röyxatdan ötkazişi, röyxatdan ötkazilgan hujjatlariga mos maʼlumotlar abituriyentlar bazasiga töğri kiritilganligini qaydnoma orqali tekşirib tasdiqlaşi şart. Hujjatlarni röyxatdan ötkaziş jarayoni tugagandan söng abituriyentning murojaatlari (şikoyatlari) inobatga olinmaydi hamda abituriyentlar bazasiga özgartirişlar kiritilmaydi.
Hujjatlarni röyxatdan ötkazişning muddatlari töliq yakunlangandan söng:
a) abituriyentlar öz tanloviga köra test sinovi natijasida töplagan balidan kelib çiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yönalişlariga, söng professional taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun tanlovda iştirok etadi;
b) davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqiçda amalga oşiriladi:
birinçi bosqiçda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topşiriş uçun röyxatdan ötadi hamda test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topşiriş hududini hamda kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bölsa, uşbu imtihonni topşiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholaş mezonlari tegişli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi;
öqişga qabul qiliş böyiça kiriş imtihonlari iyul-avgust oylarida ötkaziladi;
ikkinçi bosqiçda abituriyentlar test sinovlari töliq yakunlanganidan söng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yönalişi va taʼlim şaklini tanlaydi;
Xorijda istiqomat qilayotgan yoş vatandoşlar uçun özbek tili va adabiyoti, tarix va sanʼat yönalişlari böyiça
d) barça davlat kollej va texnikumlariga “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilişda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda taʼlim şaklini oliy taʼlim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan söng 10 kun muddatda tanlaydi.
note
imtihonsiz qöşimça davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiş uçun asos böluvçi imtiyozga ega abituriyentlar Davlat komissiyasining qaroriga asosan taʼlim şaklidan qatʼi nazar, röyxatdan ötişda imtiyoz amal qiladigan doirada tanlagan birinçi bakalavriat taʼlim yönalişiga qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi;
alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda iştirok etiş uçun asos böluvçi imtiyozga ega abituriyentlar (nogironligi bölgan şaxslar hamda “Mehribonlik” uylari, bolalar şaharçalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvçilari bölgan yetim bolalar, şuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma beş yoşga tölmagan) bundan mustasno) ular uçun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, tanlagan birinçi bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etadi;
alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnaşib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar röyxatdan ötişda tanlangan bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça umumiy tartibda tanlovda iştirok etadi;
xalqaro sport musobaqalari ğoliblari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bakalavriat taʼlim yönalişlariga sport turlarining soha böyiça mos kelişiga qatʼiy rioya qilingan holda imtihonsiz qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi;
imtiyoz bilan davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentga uşbu imtiyozdan takroran foydalanişga ruxsat etilmaydi;
ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi, şuningdek, oliy taʼlimning tegişli bosqiçiga davlat granti asosida öqişga qabul qilingan talabaga ikkinçi marta taʼlimning uşbu bosqiçi uçun davlat granti ajratilmaydi;
oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim muassasalari hamda harbiy-akademik litseylarga öqişga kirişda imtiyozga ega bölgan abituriyentlarning yagona bazasi har yili 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilim va malakalarni baholaş agentligining maxsus axborot tizimiga kiritiş orqali şakllantirib boriladi.
Test topşiriqlari umumiy örta va örta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari öquv dasturlariga muvofiq tuziladi. Test topşiriqlarini bajariş uçun (javoblar varaqasini töldiriş bilan birga) har 30 ta test topşiriğiga 1 soat vaqt belgilanadi. Har bir test topşiriği muqobil javoblari bilan beriladi.
Abituriyent şaxsni identifikasiyalaş vositalari (videofiksasiya qurilmalari va barmoq izlarini maxsus qurilmalar) orqali tekşirtirilib, şaxsi aniqlangandan söng tartibli ravişda binoga kiritiladi.
Abituriyentning şaxsi tasdiqlanmagan (abituriyentlar bazasidagi maʼlumotlarga mos kelmagan) taqdirda, şu joyga masʼul etib belgilangan nazoratçi Içki işlar organlari xodimi bilan birgalikda abituriyentni test sinovidan çetlaştiriş töğrisidagi dalolatnomani rasmiylaştiradi va uşbu abituriyentni binoga kiritmaydi.
test topşiriqlari kitobini nuqsonsizligini tekşiriş va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratçisiga xabar beriş;
test topşiriqlari kitobi raqamini özining familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan javoblar varaqasini tegişli qismiga köçirib yoziş va mos doiraçalarni böyaş;
bilim darajasini belgilovçi asosiy hujjat bölgan javoblar varaqasini töğri töldirilişini taʼminlaş;
test topşiriqlari kitobi muqovasida hamda javoblar varaqasida körsatilgan tegişli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qöyiş. Abituriyent test jarayonida quyidagilarni bajarişga şaxsan javobgar hisoblanadi:
javoblar varaqasini bukmaslik, marker çiziğiga yozmaslik, javoblar varaqasidagi test topşiriqlari kitobi raqamiga mos doiraçalar hamda javoblarni belgilaş qismidan taşqari boşqa qismlariga ruçka tegizmaslik;
belgilangan vaqt davomida javoblarini javoblar varaqasiga havo rangli pastali şarikli ruçka bilan töldiriş;
belgilangan vaqt tugagandan söng öziga tegişli test topşiriqlari kitobini va javoblar varaqasini guruh nazoratçisiga topşiriş.
Abituriyent test topşiriqlari kitobida töğri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doiraçadan bittasini böyaydi (javoblar varaqasida böyalgan javoblarni özgartiriş mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi «belgilaş uçun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, bitta test topşiriğiga javoblar varaqasida ikki va undan ortiq doiraça böyalsa yoki töliq böyalmasa yoxud birorta ham doiraça böyalmasa uşbu test topşiriğiga ball berilmaydi.
Abituriyentning test sinovlarini topşiriş vaqtida guruhdan çiqişi taqiqlanadi, çiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qöyilmaydi.
Istisno tariqasida soğligi yomonlaşganligi sababli test materiallarisiz, guruh nazoratçisi kuzatuvi ostida guruhdan çiqiş hollari bundan mustasno. Guruhdan çiqqan abituriyentga qöşimça vaqt berilmaydi.
Quyidagi hollar abituriyentni test sinovlari jarayonidan çetlaştiriş va test natijalarini çiqarilmaslikka asos böladi:
test materiallarini boşqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
test sinovlari jarayonida biri-biri bilan gaplaşsa;
test materiallarini binodan taşqariga çiqarsa, test topşiriqlari kitobi varağini yirtsa;
test sinovlari uçun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topşirişdan boş tortsa.
Test sinovlari jarayonida abituriyent test topşiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalaniş, test topşiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajariş va undan söng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratçisiga topşiriş hamda test sinovlari ötkaziladigan hududdan çiqib ketiş huquqlarga ega.
Test sinovlari tugagandan söng test sinovi jarayonida yozib olingan videokuzatuvlar örganilganda abituriyentning test sinovi tartib va qoidalarga amal qilmaganligi, jumladan yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlansa, bu holatlar uning test sinovi natijalarini çiqarilmasligiga, talabalar safidan çetlaştirişga hamda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiş uçun asos böladi.