Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Devonxona bo’limi

Hakimova Oygul Ahtamdjonovna
Bo’limi Mudirasi
- Qabul vaqti:
- Dushanba – Juma 9:00 dan 17:00 gacha
- Telefon:
- +998 90 281 20 02
- E-mail:
- devonxona@katdpi.uz
- 2003-2008 yy. – Davlat-tijorat Xalq banki Kattaqurg’on Filliali 062-kassa kassiri
- 2008-2009 yy. – Davlat-tijorat Xalq banki Kattaqurg’on Filliali 1-kassa kassiri
- 2009-2011 yy. – Samarqand temir yo‘l transporti KHK o‘qituvchisi
- 2005-2012 yy. – Davlat-tijorat Xalq banki Kattaqurg’on Filliali M.Ulug’bek mini banki kassiri
- 2011-2014 yy. – Samarqand davlat Qishloq Xo’jaligi Instituti talabasi
- 2011-2018 yy. – Davlat-tijorat Xalq banki Kattaqurg’on Filliali 6-sonli kassa kassiri
- 2017-2017 yy. – Samarqand “Temurbeklar” maktabi direktori
- 2018-2020 yy. – A.T. Xalq banki Kattaqurg’on Filliali Kassa amaliyotlari bo’limi kassiri
- 2020 y – 2021-y – A.T Xalq banki Kattaqurg’on Filliali Boshqaruvchi O’rinbosari
- 2022-2025 – Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg’on filiali Devonxona bo’limi mudiri
- 2025-y-x.v – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Devonxona bo’limi mudiri
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitorigini olib borish Tartibi (O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009-yil 28-avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2017-yil 9-avgustdagi “Ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5017-son Farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarligini shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha va chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori hamda “Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan faoliyat olib boradi.
- Devonxona Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va bevosita rektorga bo‘ysunadi. Universitetning devonxonasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, farmoyish va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining bayon, farmoyish va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Xay’at qarorlari, topshiriqlari va buyruqlari, universitet Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, universitet Ustavi va mazkur Nizom asosida olib boradi.
- Devonxona Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining ...
- Devonxona mudiri lavozimiga o’rta maxsus ma’lumotga va ushbu sohada kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi. Devonxona xodimlari soni shtat birligi va umumiy ish haqi fondi qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
- Universitetda ish yuritish hujjatlari bilan ishlashni tashkillashtirish va takomillashtirish, Universitet doirasida kirish va chiqish xatlarini qayd qilish hamda ular bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil qilish, yuqori tashkilotlar, universitet rektorining farmoyishlari, buyruqlari bajarilishini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, ish yuritish jarayonida tashkil topgan hujjatlardan foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash.
- Universitet fakultetlari, kafedralari va bo‘limlariga ish yuritish hujjatlari yig‘ma-jildlari ro‘yhatini beradi.
- Universitetning fakultetlari, kafedralari va bo‘limlarida ish hujjatlarining yuritilish holatini o‘rganadi.
- Universitetning tegishli xodimlari (ish yurituvchi) ish hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha maslahatlar beradi.
- Yuqori tashkilotlar, universitet rektori buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarini tegishli ijrochilarga yetkazishini ta’minlaydi.
- Yuqori tashkilotlar, universitet rektori buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarini tegishli kompyuter dasturiga joylashtiradi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
- Universitet fakultetlari, kafedralari va tarkibiy bulinmalarini ularning murojaatlariga muvofiq chiquvchi xatlar yoziladigan belgilangan tartibda raqamlangan maxsus blanklar hamda buyruq blanklari bilan ta’minlaydi.


