Bölim öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Özbekiston Respublikasining “Taʼlim töğrisida”gi Qonuni, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Taʼlim sifatini taʼminlaş departamenti hamda Filial direktorining buyruqlari va qonuniy körsatmalariga, şuningdek Bölim töğrisidagi Nizomga muvofiq olib boradi. Bölim amalga oşirilgan işlar, muammolar va kamçiliklar töğrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravişda Filial direktori hamda Taʼlim sifatini taʼminlaş departamentiga taqdim etadi.
Bölim faoliyatidan lavhalar
Bölimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklarning Davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, öquv rejalari va fan dasturlari bilan taʼminlanganligini tahlil etiş va ularni ekspertiza qiliş.
Attestatsiya, taʼlim sifatini örganiş bilan boğliq jarayonlarda Filialda aniqlangan kamçiliklar va nuqsonlarni öz vaqtida bartaraf etilişini ustidan nazorat örnatiş.
Bitiruvçi talabalarning kadrlar bozoridagi örni, ularga ehtiyoj, sohaning yaşovçanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni şakllantiriş.
Dars ötiş uçun işlab çiqarişdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini örganib boriş.
Kadrlar tayyorlaş sifati monitoringini yuritiş.
Öquv jarayoni bilan işlab çiqariş örtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion ğoyalar, işlanma va texnologiyalarning amaliy tatbiq masalalarini monitoringini yuritiş.
Öquv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida töğri taşkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalaniş samaradorligini örganib boriş.
Filial Kengaşida, davra suhbatlari va anjumanlarda bölim tomonidan taʼlim sifatini oşirişga oid amalga oşirilgan işlarni örganiş va monitoring natijalari töğrisida maʼlumotlar berib boriş.
Filialning öquv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy işlar rejalarining bajarilişini monitoring qiliş.
Filial professor-öqituvçilari tayanç maʼlumotlarining tegişli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiliş, ularning tegişli qayta tayyorlaşdan ötganligini, mos ixtisoslik böyiça ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini örganiş va xulosalarni Filial direktoriga maʼlum qiliş.
Filial reytingini xalqaro darajaga kötarişga qaratilgan çora-tadbirlarni Filial rahbariyati bilan birgalikda işlab çiqiş va uni ijrosini taʼminlaşda faol iştirok etiş.
Filial talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini örganib boriş, tahlil qiliş, taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlaş.
Filial tegişli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan öquv seminarlari va treninglarni ötkaziş.
Filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlaş va taʼlim sifatini örganiş maqsadida doimiy ravişda talaba, ota-ona, professor-öqituvçi va kadrlar istemolçilari örtasida ijtimoiy sörovnomalar ötkaziş.
Filialda jamoatçi ekspertlar bazasini şakllantiriş va ular bilan qöyilgan vazifalar doirasida seminar maşğulotlarini muntazam ravişda ötkazib boriş.
Filialda taʼlim jarayoni sifatini, uning öquv adabiyotlari va öquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini örganiş.
Filialda talabalar amaliyotining taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda taşkil etilganligini va uning samarasini nazorat qiliş.
Filialni içki attestatsiyadan ötkazişni taşkil etiş, natijalari böyiça taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvçi omillarni aniqlaş, maʼlumotlarni Filial direktori va Taʼlim sifatini taʼminlaş departamentiga taqdim etiş.
Filialning tarkibiy tuzilmalari (fakultet, kafedra, bölim, markaz) pedagog xodimlarining kasbiy malakasi holatini, şuningdek oliy öquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oşiriş va qayta tayyorlaş yönalişlaridagi sifat darajasini aniqlaş maqsadida içki monitoringni ötkaziş, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlaş, aniqlangan kamçilik va muammolarni bartaraf etiş böyiça Filial rahbariga takliflar kiritiş.
Professor-öqituvçilarning dars beriş sifatini muntazam ravişda tahlil qiliş.
Professor-öqituvçilarga öquv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qiliş.
Taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qiliş, uni rivojlantiriş va takomillaştiriş böyiça takliflar beriş.
Taʼlim sifati holatini örganiş natijalariga asoslanib tegişli takliflarni Filial rahbariyatiga taqdim etiş.
Taʼlim sifatini belgilovçi körsatkiçlarning holatini monitoring qiliş va aniqlangan kamçiliklar va muammolar yuzasidan tegişli tarkibiy tuzilmalarga takliflar beriş.
Taʼlim sifatini oşiriş maqsadida professor-öqituvçilarning malakasini oşiriş jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalaniş samaradorligini tahlil qiliş.
Taʼlim sifatini taʼminlaş departamentining topşiriğiga binoan OTMlar reytingini aniqlaşga va baholaşga oid maʼlumotlarni töplaşda, ötkaziladigan attestatsiya va taʼlim sifatini örganiş bilan boğliq jarayonlarda iştirok etiş.
Taʼlim sifatini taʼminlay oladigan professor-öqituvçilar tarkibini şakllantiriş, jumladan salohiyatli öqituvçilarni tanlaş, işga qabul qiliş, ularning kasbiy mahorati va malakasini oşiriş imkonini beradigan (obyektiv) şaffof taşkiliy mexanizmlarni yaratiş.
Talabalar bilimini nazorat qiliş va baholaşda şaffoflik va xolislikni taʼminlanganligi böyiça körilgan çoralar samaradorligini aniqlaş.