Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash

Xorijiy tillar kafedrasi

Ruziyeva Nasiba Kenjayevna

Ruziyeva Nasiba Kenjayevna

Kafedra mudiri

Lavozimi:
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Tarjimai hol (Biografiya)

Ruzieva Nasiba Kenjaevna 1965-yilda tug‘ilgan. Oliy maʼlumotli. 1987-yilda Samarqand Davlat Universitetini roman-german filologiyasini tugatgan.

Umumiy pedagogik staji: 38 yil.

Ilmiy darajasi: 2025-yil Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qilgan.


Ish Faoliyati

  • 1997-2005: Tibbiyot bilim yurti «Tillar» fan kafedrasiga boshchilik qilgan. Kafedrada ko‘rik tanlovlar, anjumanlar, olimpiadalar, savol javob kechalari, viktorinalar tashkil qilib, o‘quvchilarni fransuz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirgan.
  • 2005-2020: Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kolleji maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
  • 2020 (Oktyabr oyidan): Ichki nazorat inspektori va yarim hissa uslubchi lavozimida ishlagan.
  • 2021-2023: Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri lavozimida.
  • 2023-yildan hozirgacha: Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali Xorijiy tillar kafedrasi mudiri.
  • 2025-yil (Hozirgacha): Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) lavozimida ishlab kelmoqda.

Nashrlar va Ilmiy Faoliyat

  • 2004-yil: Tibbiyot kolleji talabalari uchun «Le français medical» (Tibbiy frantsuz tili) o‘quv qo‘llanmasi tayyorlab, chop ettirgan.
  • 2021-yil: Tibbiyot kolleji talabalari uchun «Le français medical» (Tibbiy frantsuz tili) darsligi chop etilgan.
  • 2022-yil: Sport faoliyati: kurash yo‘nalishi uchun frantsuz tilida “Le manuel des activités sportives” o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.
  • 2023-2024 yil davomida ilmiy faoliyati:
    • Scopus bazasidagi jurnallarda 1 ta maqola.
    • OAK tasarrufidagi jurnalda 4 ta maqola.
    • Xalqaro jurnallarda va respublika jurnallarida 10 ta maqola.
    • Ilmiy-amaliy anjumanda 7 ta tezis chop etildi.

Yutuqlar va Mukofotlar

  • «Eng faol manaviyat targ‘ibotchisi» Respublika ko‘rik tanlovida faxrli 3-o‘rinni egallagan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi va 30 yilligi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
  • O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan (Vazir K.Sharipov 567-sonli).
  • O’zbekiston Respublikasi Qayta tayyorlash Malaka attestati Bosh ilmiy-metodik markazining “Ta’lim tizimi menejmenti”da qayta tayyorlash kursida ta’lim olgan (30.11.2022 qayd raqami 4185 MA 051299).

Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi to‘g‘risida ma’lumot

Kafedra nomi
Xorijiy tillar kafedrasi
Tashkil etilgan vaqti
2023-yil 4-sentabr
Kafedra mudiri
Ruziyeva Nasiba Kenjayevna

Kafedra haqida qisqa ma`lumot

Kafedra tarkibiga 60111800- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bo’yicha ixtisoslashgan ta’lim yo’nalishi biriktirilgan.

Kafedra bosh ilmiy tadqiqot mavzusi: «Tillarni o‘qitishda yangi zamonaviy yondashuvlar».

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘g‘on filiali tashkil etilganligi munosabati bilan 2021-yil 6-sentabrdan “Gumanitar fanlar” kafedrasi kesimida faoliyat yuritgan, 2023-yil 4-sentabrdan Xorijiy tillar kafedrasi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Kafedra tadqiqod yo‘nalishlari

  • 10.00.06: Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi
  • 13.00.01: Pedagogika nazariyasi, pedagogik ta'limotlar tarixi
  • 13.00.02: Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi
  • Mustaqil izlanuvchui, erkin izlanuvchi, doktorant

Ta`lim yo‘nalishlari

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Maktabgacha ta’lim, Psixologiya, Iqtisosiyot, Tarix, Matematika

Kafedra yutuqlari va O‘rnak bo‘luvchi talabalar

Kafedra yutuqlari

  • Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Shaxnoza Berdikulova va Zarina Murtozayeva hozirda Malayziya davlatining Malaya universitetida malaka oshirishgan. Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarini ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan.
  • O‘qituvchilar Shaxnoza Berdikulova va Zarina Murtozayeva Malaya universitetida malaka oshirishgan.
  • Professor-o‘qituvchilar uchun ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan.
  • Kafedra professor-o‘qituvchilari institut rahbariyati va shahar hokimligi tomonidan taqdirlangan.

Iqtidorli talabalar haqida

  • 2025-yil 30-oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YuNESKOning 43-bosh konferensiyasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabasi Mohina Ilhomova xorijiy delegatsiyalarga hamrohlik qiluvchi ko‘ngilli (volontyor) tarjimon sifatida ishtirok
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 15-oktabrdagi 247-son buyruq bilan tasdiqlangan “Respublika oliy ta’limmuassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasida Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabasi N.Nuriddinova faol ishtitok etdi.
  • Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Robiya Alibekova dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri – QS reytingida 118-o‘rinni egallagan Hindistonning IIT Bombay universitetiga talabalar almashinuv dasturi doirasida o‘qishga yuborildi. Mazkur dastur talabalarga ta’lim jarayonlarini xalqaro mezonlar asosida o‘rganish, fan va texnologiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘zlashtirish, shuningdek, ilmiy izlanishlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Malaya universiteti va Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamkorligida vebinar darsi tashkil etildi. Tadbirda institutning Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi.
  • Malaya universiteti va Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamkorligida vebinar darsi tashkil etildi. Tadbirda institutning Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi.
  • Xorijiy tillar kafedrasi professor-o ‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan to‘garaklarda talabalar chet tili bo‘yicha bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirib, mashg‘ulotlarda faol qatnashib kelmoqda.
  • Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Sattorova Nafisa Isomiddinovna tomonidan tashkil etilgan "Ilmiy izlanuvchilar" to'garagi a'zolari ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasida iqtidorli talabalar bilan alohida ishlash yo'lga qo'yilgan. 4-kurs Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi iqtidorli talabalaridan 15 tasi ajratib olinib, ularga rahbarlar tayinlangan va bitiruv malakaviy ishi mavzulari berilgan. “Ilmiy izlanuvchilar” to‘garagi ish faoliyatini 2021-yil oktabr oyida boshlagan. To'garak rahbari: Sattorova Nafisa Isomiddinovna. Hozirgi kunga qadar to‘garak a‘zolari tomonidan til va adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha tezis va maqolalar yozilib, nashr etildi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Jahon adabiyoti tarixi,Fransuz tili, Nemis tili, Koreys tili, Madaniyatlararo kommunikatsiya, O‘qish yozish amaliyoti, Nutq malakalari integratsiyasi, Akademik maqsadlar uchun ingliz tili (EAP), O'rganilayotgan til nazariy aspektlari, Til o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti, Analitik o'qish, Akademik yozish, Tillarni o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalari, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Ingliz tili adabiyoti tarixi (o’rta asrlar-XX asrgacha), Til aspektlarini o'qitish amaliyoti, Sinxron tarjima, Tarjima nazariyasi. Tanlov fan: Faundation, Skill up B1, Skill up -B2, Skill up C1, Til tipologiyasi, Til tarixi, Tilning amaliy va nazariy leksikografiyasi, OAV tili, English for specific purposes, Xorijiy tilni o‘rganishning internet resurslari, Home reading, Language Teaching Methods.

Darslik va ilmiy nashrlar

  • N.Ruziyeva: “Le manuel des activites sportives” uslubiy qo‘llanmasi.
  • N.Sattorova: “Til tipologiyasi” uslubiy qo‘llanmasi va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (2025) o‘quv qo‘llanmasi.
  • Sh.Berdiqulova: “Nazariy grammatika” uslubiy qo‘llanmasi.
  • A.Diyarov va F.Yakubov: “Practical Course of English for the First Year Business Management Students” (2023).
  • M.Murodova: Ilmiy monografiya.
  • 2024-2025 o'quv yilida: 1 ta SCOPUS, 1 ta uslubiy qo’llanma, 1 ta monografiya va 111 ta ilmiy maqola.

Kafedra xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik

Kafedra faoliyatidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi | KatDPI