Oʻquv-uslubiy boshqarmasi

Madatov Ilhom Yusup oʻgli
Boshqarma boshlig‘i
- Qabul vaqti:
- Dushanba – Shanba 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon:
- +998 90 469 38 30
- E-mail:
- ilhommadatov7@gmail.com
- 1993-yil, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani
- Mehnat staji 8 yil
- Pedagogik staji 6 yil
- 2023-yildan buyon pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).
- 2023-yil 21-yanvarda Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 raqamli Ilmiy Kengashida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi.
- Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etishni blended learning texnologiyasi asosida takomillashtirish (pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan
- O‘quv-uslubiy sohada ijobiy natijalarga erishgan balki, ilmiy-tadqiqot sohasida ham samarali mehnat qilmoqda
- Mualliflikda 30 dan ortiq ilmiy ishlar jumladan 1 ta darslik
- 2 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 5 ta,
- Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda 13 ta, xalqaro va respublika ilmiy amaliy anjumanlarda 12 ga yaqin tezislari e’lon qilingan.
- Boshqarma Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
- Boshqarma-o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
- Boshqarma Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
- Boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
Fakultetlar soni-2 ta
Kafedralar soni- 5 ta
Ta’lim shakllari:- Kunduzgi
- Sirtqi.
- Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, Filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
- Filialda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
- Filial fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va Filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
- Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
- Talabalar davomatini tahlil etish;
- Filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
- Filialdagi barcha fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
- Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- Filial fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
- Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
- O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
- Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
- Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;


