Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Tyutorga murojaat” axborot tizimi ishga tushirildi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Tyutorga murojaat” axborot tizimi ishga tushirildi

02.12.2025 soat 13:01E'lonMatbuot29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 2-ilovasi 13.3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish uchun “Tyutorga murojaat” axborot tizimini yaratish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida institut tomonidan yangi axborot tizimi –📱@kdpit_yutorga_murojaat_bot to‘liq ishga tushirildi.
Ushbu bot orqali talaba-yoshlar va ularning ota-onalari quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
•murojaatlarni tezkor yuborish;
•mas’ullar bilan bevosita muloqot qilish;
•taklif va muammolarni onlayn tarzda yetkazish.
📲 Bot faoliyati institutda tyutorlik tizimining samaradorligini oshirishga, shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot maydonini kengaytirishga xizmat qiladi.
🔗 Bot manzili: @kdpit_yutorga_murojaat_bot