
11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tanlov
11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Ilmda mening orzularim” mavzusida talaba-qizlar örtasida rasmlar tanlovi ötkaziladi.
Tanlov ikki bosqiçda taşkil etiladi:
Birinçi bosqiç – Kattaqörğon davlat pedagogika instituti içki saralaş bosqiçi (2026-yil 4–5-fevral kunlari);
Yakuniy bosqiç — Respublika bosqiçi (saralab olingan 3 ta eng yaxşi iş 11-fevral kuni taşkil etiladigan körgazmada baholanadi).
Tanlov şartlari:
Tanlovga taqdim etiladigan işlar “Ilmda mening orzularim” mavzusiga töliq mos bölişi lozim;
Rasmlar quyidagi yönalişlarda ijro etilişi mumkin: jivopis, grafika, akvarel, raqamli sanʼat (digital art);
Rasm formati – A3 yoki A4;
Har bir rasm işiga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinişi şart: iştirokçining F.I.Ş., taʼlim muassasasi, fakulteti, bosqiçi, rasm nomi hamda 3–5 jumladan iborat qisqaça izoh;
Rasm işlarida axloq qoidalariga zid, noqonuniy yoki haqoratli mazmundagi tasvirlar bölişiga yöl qöyilmaydi.
Içki saralaş bosqiçi 2026-yil 4–5-fevral kunlari soat 14:00 da Pedagogika fakultetining B-410-xonasida bölib ötadi.
Murojaat uçun: @Kasimova_D_A